Qabul talablari

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyiga O'zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar fuqarolari imtihon asosida saralanib qabul qilinadi(Imtihon tartibi quyida berilgan). Akademik litseyga hujjat topshirmoqchi bo'lgan o'quvchilar ushbu talablarga mos kelishlari lozim:

- Akademik litseyga faqat joriy o'quv yilida 9-sinfni bitirayotgan o'quvchilar hujjat topshirishlari mumkin. Ayni paytda boshqa akademik litseyda tahsil olayotgan talabalardan hujjatlar qabul qilinmaydi.

- Akademik litseyda ta'lim olmoqchi bo'lganlar Qabul komissiyasi tomonidan talab qilingan barcha zarur hujjatlarni o'z vaqtida topshirishlari kerak.

Hujjatlar ro'yxati

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyiga kirish uchun topshiriladigan hujjatlar to'plami:

1. Akademik litsey direktori nomiga ariza

2. Tug'ilganlik to'g'risida guvohnoma yoki pasport nusxasi(1 dona)

3. 6 dona 3,5 X 4,5 o'lchamdagi yangi fotosurat(6 dona). Har bir rasm ortida maktab muhri va direktorning imzosi bo'lishi shart.

4. Papka va 2 dona konvert

5. Agar mavjud bo'lsa, xalqaro va respublika olimpiada, tanlovlar, musobaqalar g'olibiligini tasdiqlovchi diplom, sertifikat, guvohnoma yoki boshqa hujjatlar.

2018-2019-o'quv yili uchun akademik litseyga hujjatlarni qabul qilish 20 - iyundan 30-iyungacha amalga oshiriladi. Qabul komissiyasi ish vaqti: 09-00 dan 17-00 gacha. Qo'shimcha yangiliklar va o'zgarishlar akademik litsey saytida berib boriladi. Shu sababli, quyidagi web-sahifadagi yagiliklarni muntazam kuzatib borishni tavsiya qilamiz:

http://aluwed.uz

Qo'shimcha ma'lumotlar uchun telefon: 244-84-19; 241-91-18

Maslahat markazining faoliyatini akademik litseyning telegramdagi kanali https://t.me/aluwed_press va facebookdagi sahifasi https://www.facebook.com/aluwedofficial orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Saralash imtihoni tartibi:

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyiga kirish uchun o'tkaziladigan saralash imtihoni quyidagi fanlardan YOZMA ISH va TEST ko'rinishida bo'lib o'tadi:

O'zbek tilida ta'lim oluvchilar uchun:

1. Matematika

2. Chet tili(Ingliz, nemis, fransuz)

3. Ona tili va adabiyoti

Rus tilida ta'lim oluvchilar uchun:

1. Matematika

2. Chet tili(Ingliz, nemis, fransuz)

3. Rus tili va adabiyoti

Qabul qilingan hujjatlar soni:

JAMI BUGUN
30.06.2018
710 99
O'zbek Rus O'zbek Rus
374 336 45 54

*Izoh: 2018-2019-o'quv yili uchun akademik litseyga hujjatlarni qabul qilish 30-iyun 2018-yil yakunlandi.

2018-2019-o'quv yili uchun kirish imtihoni savollaridan namunalar:

O'zbek tilida: Namuna_o'zbek

Rus tilida: Namuna_rus

Oxirgi yangiliklar

2019-03-29

“Biz radikalizm, missonerlik va prozelitizmga qarshimiz” mavzusida ma’rifiy uchrashuv

Yot g'oyalar bizga begona


2019-03-14

"Buyuk ajdodlarimizga munosib voris boʻlaylik" shiori ostida "Buyuk ajdodlarimiz siymoysi aks ettirilgan eng yaxshi sahna asari" koʻrik-tanlovining yakuniy final bosqichi boʻlib oʻtdi

​​2019 yilning 14 mart kuni Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Shayxontohur Mahalliy Kengashi tomonidan Shayxontohur tumanida joylashgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida


2019-02-08

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida Alisher Navoiyning 578 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

So'z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy hazratlarining 578 yilligiga bag'ishlangan tadbir


2019-02-07

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida IIB xodimlari bilan uchrashuv

"Ta'lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qashi kurashning ma'naviy-ma'rifiy asoslari"


2019-02-02

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litsey oʻqituvchilari va oʻquvchilari “Yosh tomoshobinlar” teatriga tashrif buyurishdi

“Yosh tomoshobinlar” teatriga tashrif


Oxirgi e'lonlar

2019-02-07

Akademik litsey boshlang'ich tashkiloti iqtidorli va talanatli yoshlarni "Madaniyat klubi'ga taklif etadi

Iqtidorlimisan bizga qo'shil


2019-02-07

Zakovat intellektual bellashuvining 2-mavsumiga start beramiz

Jamoangizni shakllantiring va akademik litsey yoshlar yetakchisiga murojaat qiling


2019-02-05

Tez kunda bizning litseyda !!! Oliy Majlisga tashrif uyushtiriladi.

Agar siz siyosiy jarayonlarning bevosita ishtirokchisi bo'lishni xohlasangiz bizga qo'shiling


2019-02-01

DIQQAT!!! Yosh kitobxon
Akademik litsey bosqichining 2-mavsumida qatnashing va g'olib bo'ling !!!

Yosh kitobxon - 2019


2019-01-30

Boshlang'ich tashkilot qoshida tashkil etilgan "Biznes Klub" sizni chorlaydi

Tadbirkorlikka qiziqasanmi ??? Safimizga qo'shil!!!


Yangiliklar tarixi
Vaqtni qadrlang