Academic lyceum of University of World Economy and Diplomacy

Joriy yilning 7-fevral kuni JIDU akademik litseyida O‘zbekiston regbi federatsiyasi bilan hamkorlikda xorijiy mutaxassis Rio Moria ishtirokida seminar o‘tkazildi.

Joriy yilning 7-fevral kuni JIDU akademik litseyida O‘zbekiston regbi federatsiyasi bilan hamkorlikda xorijiy mutaxassis Rio Moria ishtirokida seminar o‘tkazildi.

07.02.2023

foreign

Joriy yilning 7-fevral kuni JIDU akademik litseyida O‘zbekiston regbi federatsiyasi bilan hamkorlikda xorijiy mutaxassis Rio Moria ishtirokida seminar o‘tkazildi. 

Mazkur seminarda O‘zbekistonda regbi sport turini ommalashtirish, yoshlarni sport klublari va to‘garaklarga faol jalb qilish, ularga regbi bilan shugʼullanish imkoniyatini yaratish, iqtidorli yoshlarni ushbu sport turi boʼyicha milliy terma jamoalariga yoʼnaltirishga xizmat qilish masalalari muhokama qilindi. 

Seminar doirasida akademik litsey oʼquvchilariga regbining jahonda va Yaponiya davlatida rivojlanishi bo‘yicha maʼlumotlar berilib, ushbu sport turi bo‘yicha xalqaro musobaqalar tahlili o‘tkazildi. 

Seminarda regbi boʼyicha yoshlar milliy terma jamoa bosh treneri Yegor Lebed ham ishtirok etib, ushbu sport turi bo‘yicha bir qancha foydali ma’lumotlar berib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, JIDU akademik litseyi o‘quvchisi Ismoilov Asadbek 2022-yilda Regbining "Regbi-7" turi boʻyicha 2004-2005 yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan.