Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

JIDU akademik litseyida Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuv.

JIDU akademik litseyida Toshkent shahar bojxona boshqarmasi xodimlari bilan uchrashuv.

26.11.2022

foreign

11-noyabr kuni JIDU akademik litseyida Toshkent shahar bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Sultonov Nurali Shuxratovich hamda Qo‘chqorov Arslonbek Abduraximovichlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Unda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi vakillari o‘quvchilarga giyohvandlik moddalarini iste'mol qilishning inson salomatligiga salbiy ta'siri, psixotrop va kuchli ta'sir qiluvchi preparatlarning noqonuniy aylanishi bilan bog'liq holatlar, pirotexnika vositalaridan foydalanishning ayanchli oqibatlari haqida batafsil ma'lumot berdilar.

Tadbir so‘ngida o‘quvchilar ko‘plab ma’lumotlarga ega bo’ldilar va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.