Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi tomonidan 8-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, huquqshunoslik, ingliz tili fanlaridan olimpiada o‘tkaziladi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi tomonidan 8-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, huquqshunoslik, ingliz tili fanlaridan olimpiada o‘tkaziladi.

10.05.2023

foreign

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi tomonidan  8-9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika, huquqshunoslik, ingliz tili fanlaridan olimpiada o‘tkaziladi.                                                                                                                                                  Boshlanish vaqti:  2023-yil 14- may soat 9.00

 Olimpiada test sinovi shaklida o‘tkazilib, ishtirokchilarga 30 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi. Dastlabki 10 tasi sodda (А, B, C, D javob variantlaridan tanlanadigan) har bir to‘g‘ri javob 0,9 ball bilan baholanadi;

keyingi 10 tasi o‘rta qiyinlik (А, B, C, D javob variantlaridan tanlanadigan) har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball bilan baholanadi;

qolgan 10 tasi ochiq (javobi yoziladigan) har bir to‘g‘ri javob 2,6 ball bilan baholanadi, jami 50 ball.

Test topshiriqlarini bajarish uchun 60 daqiqa vaqt ajratiladi.                                                                                                                                                                                                                                                              Manzil:  Toshkent shahri Shayxontohur tumani Zulfiyaxonim ko‘chasi 242-uy.                                                                                                                                                                                Joylashuv uchun havola https://maps.google.com/maps?q=41.330376,69.257644&ll=41.330376,69.257644&z=16