Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida "Jaholatga qarshi ma`rifat" mavzusida tadbir o`tkazildi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida "Jaholatga qarshi ma`rifat" mavzusida tadbir o`tkazildi.

06.09.2022

foreign

Muallif: Administrator

Qo'shilgan vaqti: 2022-02-23

2022 yil 23 oktabr kuni O`zbekiston Islom Akademiyasi dotsenti Mas`udxon Ismoilov o`z ma`ruzasida “Yangi O`zbekistonda diniy-ma`rifiy soha taraqqiyoti” mavzusiga alohida to`xtaldi. Din mamlakatdagi madaniy-ma`rifiy an`analarning ajralmas qismi va aholi ma`naviy kamolotining asosi sifatida bag`rikenglik madaniyati rivojida alohida ahamiyat kasb etayotganligiga alohida to`xtalib o`tdi.

Din mazhablari, aqidalar va tasavvufiy yo`nalishlar to`g`risida tushunchalar hamda mutasavvuf olimlar, shoirlar, aziz-avliyolarning ijodiga oid ma`lumotlar berdi.

O`quvchilarga “Tafsiri Hilol”asarini, Imom Ismoil al-Buxoriyning “Al -jome` as sahih ”, Imom Termiziyning “Sunan” asarlarini o`qishni tavsiya qildi.

Mas`udxon Ismoilov ma`ruzasidan keyin o`quvchilarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Tadbir akademik litsey o`quvchilari va o`qituvchilarida katta taassurot qoldirdi.