Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Xalqaro hamkorlik

01.05.2024

foreign

Joriy yilning 30 aprel kuni Goethe institutining "PASCH" loyihasi doirasida Germaniyaning Stuttgart universiteti ilmiy tadqiqot izlanuvchisi tomonidan akademik litsey o'quvchilari uchun "Mening shahrim"  mavzusida mahorat darsi o'tkazildi. Mahorat darsida o'quvchilar Germaniyaning qadimiy shaharlari, diqqatga sazovor joylari, qadimiy inshootlari haqida ko'pgina qiziqarli bilimlarga ega boldilar. Shuningdek, ona yurtimiz tarixi, madaniyati, ma'naviy merosi haqida taqdimot namoyish etdilar. Akademik litsey o'quvchilari va  amaliyotchi o'rtasida fikrlar almashildi. Mahorat darsi o'quvchilarda katta taassurot qoldirdi.