08.05.2024
Joriy yilning 8-may sanasida JIDU akademik litseyida rus tili va adabiyot fani o`qituvchilari tomonidan 9-may – “Xotira va qadrlash kuni”ga bagʻishlab "Ayol urush uchun yaratilmagan" adabiy-musiqiy kecha tashkillashtirildi. Tadbirda 1-2 bosqich oʻquvchilari qatnashishdi. Tadbirni oʻtkazishdan maqsad: ajdodlar xotirasini yod etish, hamda ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabada ayollarning o'rni haqida ma'lumot berish.