Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

JIDU AL "BITIRUV-2024"

JIDU AL "BITIRUV-2024"

12.06.2024

foreign

Joriy yilning 12-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi  2023-2024 o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari B.Aʼloyev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senati raisining birinchi oʻrinbosari, JIDU rektori S.Safoyev, Tashqi ishlar vazirligi Kadrlar va ta’lim muassasalari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Zokirova, JIDU  o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor, A.Umarov, yoshlar bo‘yicha birinchi prorektor O. Yusufjonov hamda bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.

Akademik litsey ijrochi direktori O.Mannopova so‘zga chiqib bitiruvchilarning so‘nggi ikki yillik o‘quv faoliyati haqida ma’lumot berdi hamda barcha bitiruvchilarga keyingi faoliyatida omad tilab, eng namunali bitiruvchilar ota-onalariga tashakkurnomalar topshirdi. Tadbir davomida a’lo darajali bitiruvchilarga, oltin va kumush medallar hamda imtiyozli diplomlarni nufuzli mehmolar topshirishdi.