Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

JIDU akademik litseyi “Lider qizlar” klubi tashabbusi bilan “Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari hamda ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

JIDU akademik litseyi “Lider qizlar” klubi tashabbusi bilan “Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari hamda ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

02.03.2023

foreign

JIDU akademik litseyi “Lider qizlar” klubi tashabbusi bilan “Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari hamda ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Toshkent shahridagi 42-oilaviy poliklinika shifokori Akbarova Muyassar, Shayxontohur tuman tibbiyot birlashmasi shifokori Niyozova Sayyora, hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdilar. 

Ta’kidlash kerak, akademik litsey xotin-qizlar qo‘mitasi, “Lider qizlar” klubi mazkur mavzu bo‘yicha turkum uchrashuvlar, davra suhbatlari uyushtirib, muntazam tushuntirish ishlarini olib bormoqda. Maqsad esa bitta: erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oldini olish va sog‘lom oilalar safini ko‘paytirishdan iborat.