Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – yoshlar huquqlarining mustahkam kafolati

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – yoshlar huquqlarining mustahkam kafolati

30.11.2024

foreign

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi arafasida 2024 yil 29-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Faollar zalida Аkademik litsey o‘qituvchi-o‘quvchilari ishtirokida «Yangi tahrirdagi Konstitutsiya – yoshlar huquqlarining mustahkam kafolati» mavzusida tadbir (Ombudsman soati)  bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Hushvaqt Hayitov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsman) Murojaatlar bo‘limi mas’ul hodimi Fadhod Subanov, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori   Gulnoza Ismailova so‘zga chiqib,   yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada davlat tomonidan yoshlar huquqlari kafolatlanishi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtiroki rag‘barlantirilishi to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar berdilar.

Tadbir davomida o‘quvchilar uchun interaktiv savol-javoblar, guruhlarga bo‘lingan holda viktorinalar tashkil qilindi, musobaqa g‘oliblari Ombudsman sertifikatlari va sovg ‘alari bilan taqdirlandilar.