Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

OʻQUVCHILAR

26.08.2022

foreign

2023-2024 oʻquv yilida JIDU akademik litseyi jami 622 nafar shu jumladan, 2-bosqichda  301, 1-bosqichda 321 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Shuningdek, akademik litseyda oʻquvchilar Rossiya  Milliy tadqiqotlar institutini “Oliy iqtisodiyot maktabi”, Germaniyaning Yevropa Viadrina universiteti, Finlandiyaning Kareliya Amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda   qoʻshma ta’lim dasturi asosida ta’lim olmoqdalar. 2022-2023-o‘quv yilida 232 nafar o‘quvchi tamomladi va ulardan 225 nafar  (97 %) respublika va xorijiy oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirdi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga 21 nafar bitiruvchi talabalikka tavsiya etilgan. Bitiruvchilarning 216 nafari  (93 %) chet tili bilish boʻyicha  B2 va C1 darajalariga mos keladigan milliy (CEFR) hamda xalqaro (IELTS va boshqalar) sertifikatlarni muvaffaqiyatli qoʻga kiritdi. Shuningdek, 8 nafar oʻquvchi xalqaro reytinglarda top-300 ga kirivchi xorijiy universitetlarning grantlarni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi