Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

M.Soliyev ishtirokida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

M.Soliyev ishtirokida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

29.05.2023

foreign

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega huquqiy hujjatdir. Uning qabul qilinishi huquqiy tiklanish va taraqqiyot sari qadam bo‘ldi. Mustaqillik Konstitutsiyasi davlatimiz mustaqilligining ulkan ramzi bo‘lib, unda o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘limiz aks etadi. Uni kelgusi avlod erkinlik, mustaqillik, ozodlik va hurlik tantanasi sifatida tarixda e’zoz-hurmat bilan tilga oladi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalq xohish-irodasini ifoda etuvchi adolatli davlat, farovon jamiyat va erkin hayot qurish va uni rivojlantirishning istiqbollarini belgilaydi. Unda inson hayoti, uning sha’ni, qadr-qimmati, haq-huquqlari va manfaatlari oliy qadriyat sifatida mustahkamlab qo‘yilgan. Asosiy Qonunimizda belgilangan normalarning hayotda amaliy ifoda topishida o‘sib kelayotgan yosh avlodning Konstitutsiya va uning asosida qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida huquqiy bilimga egaligi, huquqiy ongi va huquqiy madaniyatning yuksakligi muhim rol o‘ynaydi.

Ozbekiston Respublikasi PrezidentiningYangi tahrirdagi Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish boyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar togrisida” 2023-yil 8-maydagi PF-67-son Farmoni ijrosini taminlash maqsadida 2023-yilning 29-may kuni JIDU akademik litseyi ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi oqituvchisi M.Soliyev ishtirokida yangi tahrirdagi Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi targibotiga bagishlangan seminar bolib otdi.