Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida 2023- 2024-o‘quv yilida aniq fanlar (iqtisod), ijtimoiy-gumanitar fanlar (yurisprudensiya) hamda xorijiy filologiya (ingliz tili) yo‘nalishlarida taʼlim berilmoqda.
Litseyda chuqurlashtirilgan fan sifatida quyidagilar o‘qitiladi.
Aniq fanlar (iqtisod):
1. Matematika (Algebra, Geometriya)
2. Xorijiy til (ingliz, nemis tillari)
Ijtimoiy- gumanitar fanlar (yurisprudensiya):
1. Tarix (Oʻzbekiston tarixi, jahon tarixi)
2. Xorijiy til (ingliz, nemis tillari)
3. Huquqshunoslik
Xorijiy filologiya (ingliz tili):
1.Ona tili va adabiyoti
2. Ingliz tili;
KAFEDRALAR:
1. Aniq fanlar kafedrasi
2. Xorijiy tillar kafedrasi
3. Ijtimoiy - gumanitar fanlar kafedrasi
4. Umumta'lim fanlar kafedrasi
5. Tillar kafedrasi
Аkademik litsey tarixi
Аkademik litsey 1999- yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Markazining 10 avgust 1999- yildagi 240-sonli buyrugʻi asosida tashkil etilgan va unga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyi nomi berilgan.
Litsey 1999-yil sentabr oyidan oʻz faoliyatini Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida boshladi. 2000-yil 20-martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Birinchi I.Karimov litseyning yangi binosiga tashrif buyurdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 26- sentabrdagi “Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3290-sonli qaroriga asosan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tasarrufiga berilgan. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2017- yil 10- noyabrdagi 87-02-3497-sonli xatiga asosan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy-uslubiy kengashining 2018- yil 26- apreldagi qarori bilan akademik litsey ustavi tasdiqlandi 2018 -yil 14 -may kuni 2070-sonli raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazildi, taʼlim muassasasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi deb nomlandi.