26.11.2022
21-oktyabr kuni JIDU akademik litseyi "Sharq Ziyokor" nashriyot uyi bilan hamkorlikda kitob savdo yarmarkasi o‘tkazildi. Ko‘rgazmada akademik litseyning barcha o‘qituvchi va o'quvchilari faol ishtirok etishdi. O‘qituvchi va o'quvchilar o‘rtasida kitoblar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Bu yarmarkada A.Orifning “Falsafa”, A.Navoiyning "Saddi Iskandariy", R.Shamsuddinovning "Vatan tarixi shuhrat", Shuhratning "Oltin zanglamas" va badiiy adabiyotlar va turli mavzudagi yuzdan ortiq kitoblar savdosi tashkil qilindi.
Keyinchalik "Sharq Ziyokor" nashriyot uyi bilan hamkorllik ishlarini kuchaytirish rejalashtirildi.