Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Konstitutsiyamiz-kelajagimiz poydevori

Konstitutsiyamiz-kelajagimiz poydevori

18.04.2023

foreign

Konstitutsiyamiz-kelajagimiz poydevori

 

          Konstitutsiya fuqarolarga muayyan huquq va oz navbatida, majburiyatlarni yuklaydi. Shu kunga qadar qabul qilingan Farmon, qonun, qaror, kodeks va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning barchasi Konstitutsiyaga asoslanadi va uni toldiradi. Shunga kora, mamlakatimizdagi konstitutsiyaviy islohotlar barchamiz uchun ota muhim va ahamiyatlidir. Qolaversa, bugun har bir fuqaroga O‘zbekiston Konstitutsiyasiga taklif berish imkoniyati mavjud.

 

          Inson qadrini ulug‘lash, har kimning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Ushbu jarayonda inson huquqlarini ta’minlashga qaratilgan yangi normalar o‘zining ijobiy natijasini berish bilan birga jamiyatda hal etilishi zarur bo‘lgan masalalarni ham ko‘rsatdi.

          Konstitutsiyaga kiritilgan normalar asosan davlat boshqaruvi tashkilotlariga taalluqli bo‘lgan bo‘lsa, endigi o‘zgarishlar inson qadri va huquqlarining ta’minlanishiga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan o‘tkazgan uchrashuvida ham aynan inson qadri va huquqlarining ta’minlanishiga qaratilgan masalalarni ilgari surdi.

Bosh qomusimiz loyihasini ishlab chiqishda birinchi yo‘nalish sifatida «Inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlari va manfaatlari masalasi» belgilandi.

          Konstitutsiyada oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini ekanligi, uning davlat va jamiyat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega ekani mustahkamlab qo‘yilgan. Uning alohida bir bobi oilaga bag‘ishlanib, uning ijtimoiy maqomi aniq ravshan belgilab qo‘yilgani dunyo davlatlarining bosh qonunlarida uchramaydi, konstitutsiyalarida oilaga bag‘ishlangan bob va moddalar mavjud emas. Bu esa yurtimizda oilaga e’tiborni, oila – jamiyatning asosiy bo‘g‘ini, davlat taraqqiyotini belgilaydigan kelajak avlodni tayyorlab beruvchi maskan ekanligini ifodalaydi.

          Xususan, Konstitutsiyamiz yoshlarga oid munosabatlarni ham aniq ifodalab bergan. Har kim bilim olish huquqiga ega ekanligini ta’minlovchi norma butun O‘zbekiston yoshlarining ta’lim olish erkinligini kafolatlaydi. Bosh qomusning 41-moddasiga quyidagicha o‘zgartirish kiritilishi ko‘zda tutilmoqda: “Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining rivojlantirilishini ta’minlaydi”.

          Loyiha yuzasidan o‘tkazilgan umumxalq muhokamasiga kelib tushgan takliflar asosida qonun loyihasiga yana bir qancha yangi normalar kiritilishi nazarda tutilgan. Xususan, Konstitutsiyaning 26-moddasiga “Shaxsning o‘z aybini tan olishi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas”, degan band qo‘shilishi ko‘zda tutilmoqda.

          Yoki 37-1-moddasiga “Davlat fuqarolarni ishsizlikdan himoya qilish va kambag‘allikni qisqartirish choralarini ko‘radi. Davlat fuqarolarning bandligini ta’minlash uchun ularning kasbiy tayyorgarligi hamda qayta tayyorlanishini tashkil etadi va rag‘batlantiradi”.

          Davlat va jamiyat hayotida Vatan yagona, bayrog‘imiz bitta, gerbimiz bitta, madhiyamiz bitta bo‘lgani singari Konstitutsiyamiz ham bittadir. Bularning har biri o‘z timsolida ona Vatanimiz, xalqimizning ezgu-maqsadlarini o‘zida aks ettiradi. Shu ma’noda Konstitutsiyamiz har bir fuqaro uchun bayrog‘imiz, gerbimiz, madhiyamiz kabi muqaddasdir.

          Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgarishlardan maqsad va vazifalariga e’tibor berilsa, uning muqaddimasida mamlakatimiz fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta’minlashga intilish, demokratik huquqiy davlat barpo etish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlash uchun Konstitutsiya qabul qilinganligi qayd etilgan. Ya’ni, Bosh qomusimining asosiy mohiyati insonga munosib turmush sharoiti yaratish, uni baxtli qilishdan iborat.

          Yana muhim hamda xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etiladigan xususiyat – bu Konstitutsiyaning “O‘zbekiston xalqi” deb boshlanishidir. Bunday jumlalar boshqa qonunlarda uchramaydi. Buning o‘zi ham xalq hokimiyatchiligining yorqin dalolati.

          Konstitutsiyaning yana bir eng muhim xususiyati – bu xalq suvereniteti e’tirof etilganligidir. Asosiy qonunning 7-moddasida asosan xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekani muhrlangan.

JIDU akademik litseyi tarix fani o‘qituvchisi

 M.Nurmuxamedov