Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litsey bitiruvchisi yuqori reytinga ega universitet granti g`olibi bo`ldi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litsey bitiruvchisi yuqori reytinga ega universitet granti g`olibi bo`ldi.

06.09.2022

foreign

Muallif: Administrator

Qo'shilgan vaqti: 2022-02-22

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi 2-kurs o`quvchisi Tursuntoshev Azamat dunyo oliy ta’lim muassasalari reytingida 27 – o`rinda turgan Nyu York Universitetining 320000 AQSH dollarga teng bo`lgan to`liq grantini olishga erishdi. Ushbu grant 4 yilga mo`ljallangan bo`lib, talabaning to`liq xarajatlari bilan har bir o`quv yiliga 80000 ming AQSH dollaridan to`g`ri keladi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda akademik litsey rahbariyati Tursuntoshev Azamat va uning oila a’zolarini hamda ustozlarini ushbu erishilgan yutuq bilan samimiy tabriklaydi. Shuningdek, kelajakda Azamat o`z bilim va ko`nikmalari bilan yurtimizning ravnaqi yo`lida olib boriladigan islohotlarni amalga oshirishda o`z hissasini qo`shishiga ishonch bildirib qoladi.