Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

19-may kuni JIDU universitetida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa yetakchi vazirlik va idoralar ko‘magida mamlakatimizning eng yirik ish beruvchilari ishtirokida “Karyera kuni” tashkil etildi

19-may kuni JIDU universitetida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa yetakchi vazirlik va idoralar ko‘magida mamlakatimizning eng yirik ish beruvchilari ishtirokida “Karyera kuni” tashkil etildi

20.05.2023

foreign

O‘sib kelayotgan yosh avlodni kasbga yo‘naltirish hamisha davlatimiz, siyosatimiz oldida turgan ustivor masalalardan sanalib kelingan. Mazkur jarayonni amalga oshirish uchun farzandlarimiznung ota-onalari hamda ta’lim muassasalarining o‘rni va u yerda faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilar faoliyati katta ahamiyatga ega. 

19-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda boshqa yetakchi vazirlik va idoralar ko‘magida mamlakatimizning eng yirik ish beruvchilari ishtirokida “Karyera kuni” tashkil etildi. Ushbu yarmarkada JIDU akademik litseyi bitiruvchilari ham ishtirok etdilar.

Tadbirda vazirlik va idoralar, davlat tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalari, konsalting va auditorlik firmalari, tijorat banklari, sug‘urta va telekommunikatsiya kompaniyalari kabi 75 dan ortiq tashkilot vakillari ishtirok etdi. Jumladan, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank, MITSA, “Uzavtomotors”, “Artel”, “Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan Ltd”, “Veolia Energy Tashkent”, “UzCard”, “SOF group” va boshqalar.