Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyini 2022-2023-oʻquv yilida 232 nafar oʻquvchi bitiradi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyini 2022-2023-oʻquv yilida 232 nafar oʻquvchi bitiradi.

22.05.2023

foreign

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyini 2022-2023-oʻquv yilida 232 nafar oʻquvchi bitiradi. Ayni kunda akademik litsey bitiruvchilari oʻz oldilariga katta maqsadlar qoʻygan holda OTM muassasalariga kirishga tayyorgarlik koʻrishmoqda. Ularning aksariyati oʻz maqsadlari yoʻlida dastlabki natijalarga erishdilar. Bitiruvchilarning 216 nafari  (93 %) chet tili boʻyicha  B2 va C1 darajalariga mos keladigan CEFR milliy sertifikati hamda IELTS xalqaro sertifikatlarini muvaffaqiyatli qoʻlga kiritdilar.

Shuningdek, 8 nafar oʻquvchi xalqaro tan olingan QS-Quacquarelli Symonds World University Rankings tashkiloti tomonidan e’lon qilingan oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yhatiga kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining grantlarini qo‘lga kiritishga muvaffaq boʻldilar.

Akademik litsey o‘quvchilari Sodiqov Azizbek (University of Arizona, AQSH), Shermatov A'zambek (University of Colby, AQSH), Amonov Asilbek (University DUKE KUNSHAN, Koreya respublikasi), Abdulbokiyev Ihlosbek (Syungil University, Koreya Respublikasi), Tilavoldiyev Fayzullajon (Mayami, AQSH), Egamnazarov Umidjon (New York University, Swartmore College, AQSH) imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, talaba bo‘lishni uddalashdi.

Ushbu natijlar zamirida akademik litseyda ta’lim jarayonini toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganligi, oʻquv dasturlarni xalqaro mezonlarga mos kelishi, ustozlarning mashaqqatli mehnati hamda  oʻquvchilarning qiziqish va intilishlari yotadi.