Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

2023-yil 14-may kuni JIDU akademik litseyida fan olimpiadasi g‘oliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

2023-yil 14-may kuni JIDU akademik litseyida fan olimpiadasi g‘oliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

22.05.2023

foreign

2023-yil 14-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida Toshkent shahrida joylashgan umumta’lim maktablarining 8-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan fan olimpiadasi g‘oliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadada Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarining 2000dan ziyod o‘quvchilari qatnashdilar. Ulardan huquqshunoslik fani bo‘yicha 8-sinflar o‘rtasida Uhtepa tumani 295-maktab o‘quvchisi Yo‘ldosheva Xurriyatxon 1-o‘rin, Yangihayot tumani 3-maktab o‘quvchisi Abdurahimjonov A’zamjon 2-o‘rin, Yangihayot tumani 32-maktab o‘quvchisi Mamadaliyeva Rayxona 3-o‘rin, 9-sinflar o‘rtasida Uchtepa tumani 78-maktab o‘quvchisi G‘aybullayev Olloyor 1-o‘rin, Yunusobod tumani 98-maktab o‘quvchisi Nosirova Diyora 2-o‘rin, Yangihayot tumani 336-maktab o‘quvchisi Turdialiyeva Shirin 3-o‘rin, matematika fanidan 8-sinflar o‘rtasida Yakkasaroy tumani 144-maktab o‘quvchisi Temurova Madina 1-o‘rin, Sirg’ali tumani 300-maktab o‘quvchisi Orifjonov Zuxriddin 2- o‘rin, Chilonzor tumani 178-maktab o‘quvchisi Zaripov Kamoliddin 3-o‘rin, 9-sinflar o‘rtasida Sirg’ali tumani 300-maktab o‘quvchisi Komilov Bexruz 1-o‘rin, Chilonzor tumani 195-maktab o‘quvchisi Abdusamatov Akbarshox 1- o‘rin, Yangihayot tumani 8-maktab o‘quvchisi Murodjonov Umidjon 1-o‘rin, Sirg’ali tumani 300-maktab o‘quvchisi Odilbekov Shoxjahon 1-o‘rin, ingliz tili bo‘yicha 8-sinflar o‘rtasida Yunusobod tumani 97-maktab Xismatillayeva Zaynabxon 1-o‘rin, Sirg’ali tumani 300-maktab o‘quvchisi Baratov Suhrob 2- o‘rin, Yakkasaroy tumani 91-maktab o‘quvchisi Rasulov Elbek 3- o‘rin, 9-sinflar o‘rtasida Yakkasaroy tumani 89-maktab o‘quvchisi Dadaxonov Muhammadaziz 1-o‘rin, Sirg‘ali tumani 47-maktab o‘quvchisi Devlikamov Artur 2-o‘rin, Uchtepa tumani 74-maktab o‘quvchisi Otaqulov Ulug‘bek 3- o‘rinni egallashdi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, fan olimpiadasida yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan 44 nafar o‘quvchi akademik litsey tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandi va ular JIDU akademik litseyiga kirish imtihonining dastlabki bosqichidan ozod etiladi.