Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Joriy yilning 26-may JIDU akademik litseyi ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi S.Boltayev ishtirokida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

26.05.2023

foreign

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 8-maydagi PF-67-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi orinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori S.Safoev tomonidan 2023 yilning 12-may kuni akademik litsey o‘quvchilari hamda o‘qituvchilari uchun “Rektor soati” o‘tkazilib, unda yangi tahrirdagi Konstitutsiya, undagi o‘zgarishlar bo‘yicha keng qamrovli ma’lumotlar berilgan edi.

 Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish bo‘yicha yangilangan o‘quv rejalari va dasturlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish choralari ko‘rilmoqda.

Akademik litseyda haftaning juma kuni “Konstitutsiya kuni” deb belgilandi va ushbu kunda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini pedagog-xodimlar, o‘quvchilar o‘rtasida targ‘ib qilish uchun soha mutaxassislari bilan davra suhbati, seminarlar tashkil qilinmoqda.

Joriy yilning 26-may JIDU akademik litseyi ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi S.Boltayev ishtirokida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir baxs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi.