Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan har bir fandan imtihon komissiyasi tuzilib, imtihonlar jadvali tuzildi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan har bir fandan imtihon komissiyasi tuzilib, imtihonlar jadvali tuzildi.

13.06.2023

foreign

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida” PQ-4910-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 22-maydagi 204-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida 2022-2023 o‘quv yili bitiruvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholash maqsadida yakuniy davlat attestatsiyasi tashkil etildi. Yakuniy davlat attestatsiyasi o‘tkaziladigan har bir fandan imtihon komissiyasi tuzilib, imtihonlar jadvali tuzildi.

Akademik litsey bitiruvchilarining ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:

Ona tili va adabiyot fanidan (insho);

O‘zbekiston tarixi fanidan (test);

Xorijiy til fanidan (og’zaki);

Matematika fanidan (yozma);

Dastlabki imtihon 2023-yilning 13-iyun sanasida ona tili va adabiyot fanidan insho shaklida bo‘lib o‘tdi. Yakuniy davlat attestatsiyasini mazmunan sifatli, yuqori saviyada shaffof va haqqoniy o‘tkazilishi ta’minlanmoqda.