Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Joriy yilning 15-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 15-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtdi.

16.06.2023

foreign

Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari yaqinlashgani sari ko‘pchilik abituryientlar xayolini qaysi universitetga kirsam ekan, degan savol qiynaydi. Bugungi kunda O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari soni yil sayin ortib bormoqda. Ular o‘zlaridagi ta’lim sifati, o‘qish uchun qulay shart-sharoitlari hamda yuqori reytingi bilan abituriyentlar e’tiborini tortib kelmoqda. Oliy ta’lim muassasalari o’rtasida sog‘lom raqobat muhiti yaratilmoqda.

2022-2023 o‘quv yilida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyini 232 nafar o‘quvchi bitiradi. Ularning aksariyati Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi bo‘lishni o‘z oldilariga maqsad qilganlar.

Joriy yilning 15-iyun kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ochiq eshiklar kuni” boʻlib oʻtdi. Tadbirga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi bitiruvchilari ham tashrif buyurishdi.

Tadbir davomida ularga universitet faoliyati, tuzilmasi, shart-sharoitlar, oʻquv rejasi, erishilgan  yutuqlar va kelgusidagi aniq maqsadlar haqida ma’lumot berildi. Boʻlajak talabalar universitet haqida aniq tasavvur va tushunchaga ega boʻldilar.

“Ochiq eshiklar kuni”ga tashrif buyurgan mehmonlar tadbir soʻnggida har bir fakultet dekanlari va ishchi guruh bilan tanishtirildi. Ular yordamida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.