Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

2023-yil 26-iyunda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyini tamomlagan o‘quvchilarga tantanali ravishda diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

2023-yil 26-iyunda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyini tamomlagan o‘quvchilarga tantanali ravishda diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

01.07.2023

foreign

 

2023-yil 26-iyunda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyini tamomlagan o‘quvchilarga tantanali ravishda diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Joriy yilda akademik litseyning 232 nafar bitiruvchisi katta hayotga qadam qo’yishadi.

Akademik litseyning barcha bitiruvchilari uchun muhim bo‘lgan tadbirga faxriy mehmonlar, universitet rahbariyati, o‘qituvchilar hamda bitiruvchilarning ota-onalari tashrif buyurishdi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori D.Amonov bitiruvchilarni tabriklab, kelgusi o‘qish va ishlarida omad va zafarlar tiladi.

A’lo o‘qishi va namunali xulqi uchun 20 nafar bitiruvchi imtiyozli diplomga ega bo‘ldilar. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bitiruvchilarning bir qanchasi allaqachon yurtimiz va xorijiy davlatlar nufuzli oliygohlarining talabasi bo‘lishni muddatidan avval uddalashgan. Bitiruvchilarning 216 nafari  (93%) xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni muvaffaqiyatli qoʻlga kiritdilar. 

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi pedagogik jamoasi barcha bitiruvchilarga omadlar tilaydi!