Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

JIDU akademik litseyning 5 nafar o'quvchilari yozgi maktabda ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo'lga kiritdilar.

JIDU akademik litseyning 5 nafar o'quvchilari yozgi maktabda ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo'lga kiritdilar.

05.07.2023

foreign

Goethe institutining PASCH tarmog’i o‘quvchilari uchun ikki hafta davomida bo‘lib o‘tadigan “Kadrga yo‘naltirish” yozgi maktabi boshlandi. Tashkilotchilar Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Toshkentdagi Gyote institutining PASCH bo‘limi va Xorijdagi maktablar bo‘yicha markaziy idoradir. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, asosan, 9 va 10-sinflarda o‘qiydigan ishtirokchilarga o‘z kasbini tanlash va kasbni rejalashtirish bo‘yicha g‘oyalarni berishdan iborat. O‘zbekiston va Germaniya mutaxassislari bitiruvchilarning maktabdan keyin imkoniyatlari, dual ta’lim nima ekanligi, hujjatlarni qanday to‘g‘ri tayyorlash (jumladan, motivatsion xati) va ishga joylashish bo‘yicha suhbatni muvaffaqiyatli yakunlash bo‘yicha mahorat darslarini olib boradilar. JIDU akademik litseyning 5 nafar o'quvchilari yozgi maktabda ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo'lga kiritdilar.