Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

28-avgust kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida davlat madhiyasi matni muallifi Abdulla Oripov haqidagi badiiy filmning maxsus namoyishi o‘tkazildi.

28-avgust kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida davlat madhiyasi matni muallifi Abdulla Oripov haqidagi badiiy filmning maxsus namoyishi o‘tkazildi.

28.08.2023

foreign

2023-yil 28-avgust kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida Hujjatli va xronikali filmlar kinostudiyasi tomonidan yaratilgan O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, davlat madhiyasi matni muallifi Abdulla Oripov haqidagi badiiy filmning maxsus namoyishi o‘tkazildi. Unda JIDU rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar va film ijodkorlari ishtirok etishdi.

"Abdulla Oripov" filmi o‘zbek adabiyotining ko‘zga ko‘ringan yetuk namoyondalari, jumladan, Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo kabi mutaxassislarning taklif va mulohazalari ostida ishlangan.

Filmda Abdulla Oripovning Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko‘z qishlog‘ida o‘tgan va ijodga ilk qadam qo‘ygan bolalik yillari, Toshkent shahrida o‘tkazgan talabalik davrlari, ijod namunalarining ilk nashri, uning shoir bo‘lib shakllanishidagi hissiyotlari va tuyg‘ulari, shoirga xos sevgisi, mashhurlikning kelishi va Amerikada o‘tgan so‘nggi yillari ochib beriladi.

Filmda bosh rollarni “Do‘stlik" ordeni sohibi, Abdulla Oripovning shogirdi, shoir Shodmonqul Salom va mahoratli aktrisa Rayhon Asadova ijro qilgan. Shuningdek, Abdulla Oripovning keksalik davrini O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Qudratilla Burxonov, shoirning rafiqasi Hanifa Mustafoyeva rolini esa O‘zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova ijro qilgan.

Film namoyishga kelganlarda iliq va ijobiy taassurot qoldirdi.