Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

JIDU akademik litseyida 2023-yil 4-sentabr kuni “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mustaqillik darsi”lari o‘tkazildi

JIDU akademik litseyida 2023-yil 4-sentabr kuni “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mustaqillik darsi”lari o‘tkazildi

04.09.2023

foreign

                                                  1 Mustaqillik darsi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida 2023-yil 4-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi va yangi 2023-2024-o‘quv yilini boshlanishiga bag‘ishlab “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mustaqillik darsi”lari o‘tkazildi. Tadbirda milliy g‘oya targ‘iboti, xalqimizning milliy yuksalish yo‘lidagi maqsadlari, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”, Vatanimiz milliy ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlar xotirasini e’zozlash g‘oyalari keng targ‘ib qilindi.

Shuningdek, “Mustaqillik dars”lari Toshkent shahridagi “Mustaqillik maydoni”, “Shahidlar xotirasi hiyoboni” va “Qatag‘on qurbonlari” muzeyi, “Adiblar hiyoboni”da tashkil qilindi.