Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

JIDU AL FANLAR OLIMPIADASI

JIDU AL FANLAR OLIMPIADASI

18.09.2023

foreign

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3-dekabrda qabul qilingan “Iqtidorli yoshlarni saralab olish va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-4910-sonli qaroriga muvofiq hamda Besh tashabbus doirasida 2023-yil 17-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida Toshkent shahrida joylashgan umumta’lim maktablarining 9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tarix, ingliz tili, matematika fanlari bo‘yicha fan olimpiadasi o‘tkazildi.  

1300 dan ziyod 9-10-11 sinf o‘quvchilari qatnashgan mazkur olimpiadada ishtirokchilar tarix, ingliz tili, matematika fanlari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.Fan olimpiadasi natijalari akademik litsey rasmiy sayti www.aluwed.uz  va telegram kanali t.me/aluwed_uz orqali e’lon qilinadi.