Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

JIDU AL o'quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimi A.Akbarov bilan "O‘zbek va afg‘on xalqlarini yaqin qo‘shnichilik va azaliy do‘stlik rishtalari" mavzusidagi uchrashuv

02.02.2024

foreign

O‘zbek va afg‘on xalqlarini yaqin qo‘shnichilik va azaliy do‘stlik rishtalari o‘zaro bog‘lab turadi. Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalikni o‘rnatish, o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlash, savdo, iqtisodiy, transport, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlatimiz tomonidan keng ko‘lamli sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Ikki davlat munosabatlari, Afg’onistondagi bugungi vaziyat, jafokash afg’on xalqining bugungi kundagi hayotiga bag’ishlangan tadbir joriy yilning 2-fevral sanasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimi A.Akbarov bilan bo‘lib o‘tdi. Ochiq tarzda bo‘lib o‘tgan muloqotda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan ko’plab savollarga javob oldilar.