Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi

Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi

09.02.2024

foreign

Joriy yilning 9 – fevral kuni JIDU  akademik litseyda “Ajdodlar ruhi mangu barhayot ” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Davra suhbatida JIDU “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari doktori Rahmon Farmonov ishtirok etdi. Rahmon Farmonov litsey o’quvchilariga buyuk bobokolonimiz Alisher Navoiyning boy ma’naviy-adabiy merosi, milliy adabiyotimizni rivojlantirishda tutgan o’rni, asarlarining navqiron avlod tarbiyasida tutgan ahamiyati xususida ma’lumotlar aytib o’tdi.