Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Joriy yilning 5 oktabr kuni Toshkent shahridagi o`rta maxsus va professional ta`lim muassasalari o`quvchilari o`rtasida “Zakovat” turniri o`tkazildi.

Joriy yilning 5 oktabr kuni Toshkent shahridagi o`rta maxsus va professional ta`lim muassasalari o`quvchilari o`rtasida “Zakovat” turniri o`tkazildi.

05.10.2022

foreign

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi

 PQ-96-son qarorida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va “Zakovat intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkilotiga o`zaro hamkorlikda o`rta maxsus va professional ta`lim muassasalari o`quvchilari o`rtasida “Zakovat” intellektual o`yinini o`tkazish vazifasi yuklatilgan.

Joriy yilning 5 oktabr kuni Toshkent shahridagi o`rta maxsus va professional ta`lim muassasalari o`quvchilari o`rtasida “Zakovat” turniri o`tkazildi. Mazkur turnirda 1-o`rinni JIDU Akademik litsey o`quvchilari egallab, Respublika bosqichida qatnashish huquqini qo`lga kiritdi.

Ma`lumot uchun:

Turnir ikki bosqichda bo`lib o`tadi:

Birinchi bosqich - viloyat bosqichi;

Ikkinchi bosqich - respublika bosqichi.

Viloyat bosqichida 1-, 2- va 3-o`rinni egallagan jamoalar respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo`lga kiritadi.

Prezident Qaroriga muvofiq, turnirning respublika bosqichida dastlabki uchta o`rinni egallagan jamoa a`zolari oliy ta`lim muassasalarining tegishli ta`lim yo`nalishlariga bazaviy to`lov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi. Bundan tashqari, ushbu o`quv yilidan boshlab turnirning respublika bosqichida g`olib bo`lgan o`quvchi yoshlarga bir yil davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to`lab boriladi.