Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

JIDU AL da xalqaro hamkorlik tadbirlari

JIDU AL da xalqaro hamkorlik tadbirlari

02.04.2024

foreign

2024-yilning 2-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universtiteti akademik litseyi hamda Ozarbayjon Respublikasi Diplomatik akademiyasi maktabi, Toʻgli Qorabogʻning Fuzuliy tumanida Oʻzbekiston tomonidan barpo etilgan Mirzo Ulugʻbek nomidagi 1-umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari ishtirokida hamkorlik dasturlari doirasida “Navroʻz-mushtarak tarix va kelajak” nomi ostida onlayn uchrashuv oʻtkazildi. 

Unda oʻquvchilar qardosh ozarbayjon va oʻzbek xalqlarining  uzoq oʻtmishga borib taqaladigan mustahkam doʻstlik rishtalari va qardoshlik, madaniyatlar, tillar hamda anʼanalar mushtarakligi, qadim davrlardan buyon ikki mamlakat xalqlarini bogʻlab kelayotgan maʼnaviy va insonparvarlik qadriyatlar toʻgʻrisida qiziqarli maʻlumotlarga ega boʻldi.

Shuningdek, JIDU akademik litseyi oʻquvchilari ozarbayjonlik tengdoshlariga Navroʻz bayrami, sumalak, koʻksomsa, halim singari bahoriy taomlar, koʻpkari kabi sport oʻyinlari haqida, oʻz navbatida ozarbayjonlik oʻquvchilar Navroʻz bilan boʻgʻliq olovdan sakrash va tuxum boʻyash, xoʻroz urishtirish  kabi an’analar haqida  ma’lumotlar berishdi.