Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Xalqaro hamkorlik

03.04.2024

foreign

2024-yil 3-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi hamda Turkiya Iqtisodiyot va Texnologiya Universitetining Toshkentdagi filiali (TOBB ETU Tashkent university) vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda TOBB ETU Tashkent university prorektori D.Begmatova va JIDU akademik litseyi ijrochi direktori O.Mannopova ta’lim muassasalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni va qoʻshma dasturlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha muzokalar olib borishdi.

Shuningdek, hamkorlik tadbirlari doirasida akademik litsey bitiruvchilari uchun universitet faoliyati, ta’lim jarayoni haqida batafsil ma’lumot berish maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” oʻtkazildi. Unda litsey bitiruvchilari bevosita universitetda boʻlib, oʻzlarini qiziqtirgan maʻlumotlarga ega boʻlishdi.