Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 bag'ishlab “Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz!” mavzusida davra suhbati.

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 bag'ishlab “Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz!” mavzusida davra suhbati.

05.04.2024

foreign

2024-yil 5-aprel kuni  Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilliga bag‘ishlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida  “Amir Temur – faxrimiz, g‘ururimiz!” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi kichik ilmiy xodimi Imamov Xurshid Xudayqulovich ishtirok etdi va qatnashchilarga buyuk sarkarda, davlat arbobi Sohibqiron Amir Temurning hayot yo‘li, Amir Temur davlatining davlat boshqaruvi, xalqaro aloqalari, buyuk hukmdor bilan ko‘rishishga musharraf bo‘lgan arab tarixchilari Ibn Xaldun, Ibn Arabshox asarlarida berilgan qiziqarli ma’lumotlar, Amir Temur va temuriylarning milliy davlatchilik, ilm-fan, madaniyat sohalari taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan va boy merosi haqida qiziqarli ma‘lumotlarni yetkazdi. Shuningdek, Temuriylar tarixi davlat muzeyining tashkil etilish tarixi, muzeydagi eksponatlar hamda muzey bilan hamkorlik qilish to‘g’risida  ma’lumotlar bilan tanishtirishdi va muzey mutaxassislari tomonidan tayyorlangan kitobni akademik litsey kutubxonasiga taqdim qildi.