Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Joriy yilning 17-mart kuni JIDU akademik litseyida Navro‘z bayramiga bag’ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 17-mart kuni JIDU akademik litseyida Navro‘z bayramiga bag’ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

17.03.2023

foreign

Navro‘z bu tinchlik, totuvlik, farovonlik bayrami. Millati, dinidan qat’iy nazar, shu yurtda yashayotgan barcha millatlar, elatlar uchun birdek sevimli ayyom. Keksayu yosh uchun birdek aziz shodiyona! Bu bayram oddiy bayram emas, balki xalqimizning tarixi, falsafasi, tushuncha tasavvurlari, qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan, millat bilan ulg‘ayib, millat bilan birga taraqqiy etgan bayram. Bu bayram qadim-qadim zamonlardan buyon elimiz ardoqlab kelayotgan, elimizni, yurtimizni ulug‘lab kelayotgan bayram.

Xalqimizning qadimiy bayramlaridan biri bo‘lgan Navro‘z ayyomida azaldan xalq sayillari uyushtirilgan, yangi ungan ko‘katlardan tansiq taomlar pishirlgan. Tabiat qonunlarini hisobga olgan holda joriy etilgan mazkur ayyomni bayram qilish anaʼanasi hanuz davom etib kelmoqda

  Joriy yilning 17-mart kuni JIDU akademik litseyida Navro‘z bayramiga bag’ishlangan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar, sport musobaqalari tadbirga o‘zgacha ko‘rk bag’ishladi. Bahorning tansiq taomi sumalak va boshqa milliy taomlar tayyorlandi.

Shunday ajib va qutlug’ kun barchamizga muborak bo'lsin!