Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

JIDU akademik litseyi o‘quvchilari uchun o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuv JIDU nashriyot va ommaviy-axborot vositalari bilan ishlash bo‘limi boshlig’i Xasanov Baxtiyor Madaminovich ishtirokida bo‘ldi

JIDU akademik litseyi o‘quvchilari uchun o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuv JIDU nashriyot va ommaviy-axborot vositalari bilan ishlash bo‘limi boshlig’i Xasanov Baxtiyor Madaminovich ishtirokida bo‘ldi

16.03.2023

foreign

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalari hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirishning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ilg’or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ularning rivojlanishiga xizmat qilmoqda, chunki texnologiya yordamida axborot olish imkoniyati tobora kengaymoqda. Ayni paytda, globallashuv sharoitida turli mamlakatlarning tarixiy-madaniy hususiyatlari va rivojlanishdagi o’ziga hosliklarini saqlab qolish maqsadida axborot xavfsizligini ta’minlashning ahamiyati ortib bormoqda.

  JIDU akademik litseyi o‘quvchilari uchun o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuv JIDU nashriyot va ommaviy-axborot vositalari bilan ishlash bo‘limi boshlig’i Xasanov Baxtiyor Madaminovich ishtirokida bo‘ldi. Bu uchrashuv sifatli jurnalistika, tahliliy yondashuvlar, jurnalistikadagi ta’lim, diplomatiya soxasida ommaviy-axborot vositalarining o‘rni kabi muhum mavzularni o‘z ichiga oldi. Tadbir so‘ngida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.