Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

2023 yil 14-aprel kuni JIDU akademik litseyiida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan bo‘lib o‘tadigan referendumga bag’ishlangan muloqot o‘tkazildi.

2023 yil 14-aprel kuni JIDU akademik litseyiida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan bo‘lib o‘tadigan referendumga bag’ishlangan muloqot o‘tkazildi.

14.04.2023

foreign

 

2023 yil 14-aprel kuni JIDU akademik litseyiida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan bo‘lib o‘tadigan referendumga bag’ishlangan muloqot o‘tkazildi. Ushbu muloqotni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Ismailova Gulnoza Saydiganixodjayevna olib bordi.

Gulnoza Ismoilova mamlakatimizda so‘nggi yillarda inson huquqlarini himoya qilish, yoshlarning ta’lim olish sohasidagi islohotlar samaralari haqida gapirdi. Yangilanayotgan Konstitutsiyadagi ayollar huquqlari va erkinliklarini ifoda etuvchi yangi qoidalarning mohiyati va ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.

Shuningdek, Konstitutsiyaga yoshlar masalasiga alohida bob kiritilayotgani muhim ahamiyatga egaligi, Oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik berilishi, tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy ma’lumot olinishi, nodavlat ta’lim tashkilotlari qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risidagi qoidalar yosh avlod hayotini yaxshilash, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy mutaxassisliklarni egallagan holda hayotda o‘z o‘rnini topishi va shaxsiy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratishi ta’kidlab o‘tildi.