Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

2023 yil 18-aprel kuni JIDU akademik litseyi o‘quvchilarining O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatriga tashrifi uyushtirildi.

2023 yil 18-aprel kuni JIDU akademik litseyi o‘quvchilarining O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatriga tashrifi uyushtirildi.

18.04.2023

foreign

          Hammamizga yaxshi ma’lumki, inson va jamiyat hayotida, xalqning ma’naviy dunyosini, ong-u tafakkurini yuksaltirishda teatr san’atining o‘rni va ahamiyati beqiyosdir.

          Buyuk ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy aytganlaridek, teatr haqiqatan ham ibratxona, qutlug‘ tarbiya va ma’rifat maskanidir.

          Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusning birinchi yo‘nalishi doirasida, ya’ni yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish maqsadida, 2023 yil 18-aprel kuni JIDU akademik litseyi oquvchilarining O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatriga tashrifi uyushtirildi. Teatrda vatanparvarlik, xalqsevarlik, ajdodlar ruhiga sadoqat, or-nomus, adolat g‘oyalari chuqur talqin etilgan “Shiroq” spektakli namoyish etildiSpektakl tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.