Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Joriy yilning 19-aprel sanasida Finlandiyaning Helsingin Suomalainen Yhteiskoulu (SYK) maktabining 20 nafar o‘quvchilari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyiga tashrif buyurishdi.

Joriy yilning 19-aprel sanasida Finlandiyaning Helsingin Suomalainen Yhteiskoulu (SYK) maktabining 20 nafar o‘quvchilari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyiga tashrif buyurishdi.

19.04.2023

foreign

2020 yil 6-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilingan edi.

Farmonda maktab taʼlimi boʻyicha ilgʻor davlatlar tajribasini, xususan Finlyandiya taʼlim tizimining oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganish vazifasi yuklatildi. 

Davlatimiz rahbari tomonidan aynan Finlyandiya misol qilib koʻrsatilgani bejizga emas. Ushbu mamlakat taʼlim sifatini baholash boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro tadqiqotlardagi oʻz muvaffaqiyatlari bilan ajralib turadi. Fin oʻquvchilari PISA tadqiqotidagi barcha yoʻnalishlarda savodxonlik va taʼlim tengligi koʻrsatkichlari boʻyicha eng yaxshi natijalarga erishgan.

Joriy yilning 19-aprel sanasida Finlandiyaning Helsingin Suomalainen Yhteiskoulu (SYK) maktabining 20 nafar o‘quvchilari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyiga tashrif buyurishdi. Finlandiya ta’lim tizimi va uning muvaffaqiyat siri, fin yoshlarining bugungi hayoti do‘stona o‘tgan muloqotning bosh mavzulariga aylandi.