Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

SYK maktabining 20 nafar o‘quvchilari bilan sportning regbi turi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.

SYK maktabining 20 nafar o‘quvchilari bilan sportning regbi turi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.

19.04.2023

foreign

Joriy yilning 19-aprel sanasida Finlandiyaning Helsingin Suomalainen Yhteiskoulu (SYK) maktabining 20 nafar o‘quvchilari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyiga tashrif buyurishdi. Akademik litseydagi tengdoshlari bilan do‘stona muloqotdan so‘ng O‘zbekiston regbi federatsiyasi xorijiy trener-maslahatchi Xuman Andrea va regbi bo‘yicha yoshlar milliy terma jamoa bosh treneri Yegor Lebed ishtirokida har ikki davlat yoshlari uchun sportning regbi turi bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.