Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida "Rektor soati" o’tkazildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida "Rektor soati" o’tkazildi

05.09.2023

foreign

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida 2023-yil 5-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi va yangi 2023-2024-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlab “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida "Rektor soati" o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori S.Safoev, Finlandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli A.Jo‘raev, Finlandiyaning Karelia universiteti prezidenti Petri Raivo, Toshkentdagi Xalqaro Nordik universiteti rektori Sh.Mustafakulov, fin tili o‘qituvchilari Saatu Saana Johanna Jarvelainen va Emil Jantti, ishtirok etdi.

Tadbirda S.Safoyev qatnashchilarni “Mustaqillik bayrami” hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklab, O‘zbekistonning tashqi siyosati, iqtisodiyotning o‘sishi, bugungi kunda yoshlarning jamiyatimizdagi o‘rni va ularning oldiga qo‘yilgan muhim vazifalar haqida gapirib o‘tdi. Uchrashuvda Finlandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli A. Jo‘raev hamda Finlandiyaning Karelia universiteti prezidenti Petri Raivo o‘z tabriklari va tilaklarini bildirdi. Tadbirda akademik litsey o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan chiqishlar namoyish etildi.

Shuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori S.Safoev hamda Karelia universiteti prezidenti Petri Raivo o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilib, unda qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish borasida kelishuvlarga erishildi.