Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

"Milliy ma' naviyat taraqqiyotida jadidchilarning o'rni" mavzusida davra suhbati

"Milliy ma' naviyat taraqqiyotida jadidchilarning o'rni" mavzusida davra suhbati

19.01.2024

foreign

Joriy yilning 19-yanvar kuni JIDU AL da "Milliy maʼnaviyat taraqqiyotida jadidchilarning oʻrni" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti ilmiy xodimi, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Abduvali Abdumutaliboyevich Yoʻldoshev ishtirok etdi. A.A.Yoʻldoshev oʻquvchilarga XX asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy maʼrifiy harakat vakillari —jadidlar merosini oʻrganish zaruriyati hamda maʼrifatparvar ajdodlarimizning merosining huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati uchun ahamiyati toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Tadbir soʻngida mavzu yuzasidan oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.