26.11.2022
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2022-yil 2-4-noyabr kunlari "O'zekspomarkaz" MKKning 3 paviliyonida “TASHKENT BOOK FEST” III Toshkent Xalqaro kitob koʻrgazma-yarmarkasi bo'lib o'tdi.
Koʻrgazma-yarmarka doirasida o'quvchilar nashriyotlar tomonidan chop etilgan yangi mahsulotlarni keng oʻquvchilarga tanishtirildi, kitob mualliflari va bezakchi-rassomlar, adabiyot va sanʼat namoyondalari bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etilib, seminar va mahorat darslari, kitob tanlovlari, aksiyalar va treninglar oʻtkazildi, shuningdek, ishtirokchilar uchun alohida dastur asosida madaniy-maʼrifiy tadbirlar bo'lib o'tdi.