Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

OʻQUVCHILAR

26.08.2022

foreign

    JIDU AKADEMIK LITSEYI ELEKTRON KUTUBXONASI VA EMIS AXBOROT TIZIMI

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida ta’lim jarayonini raqamlashtirish, o‘quvchilarning mustaqil bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish maqsadida elektron ta’lim resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yilgan.

    1. Elektron kutubxonadan foydalanish

Akademik litsey o‘quvchilari uchun elektron kutubxona tashkil etilgan. Elektron kutubxona orqali o‘quvchilar fanlarga oid darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va qo‘shimcha ta’lim materiallaridan foydalanishlari mumkin.

Elektron kutubxonaga quyidagi havola orqali kirish mumkin:

   JIDU Akademik litsey elektron kutubxonasi

   

    2. EMIS axborot tizimidan foydalanish

Akademik litseyda o‘quv jarayonini raqamlashtirish va samarali tashkil etish maqsadida EMIS axborot tizimidan foydalaniladi. EMIS — akademik litsey talabalari uchun mo‘ljallangan yagona raqamli tizim bo‘lib, undan foydalanish bo‘yicha o‘quvchilar uchun qo‘llanmalar va videomateriallar taqdim etilgan.

O‘quvchilar quyidagi havolalar orqali tizim bilan tanishishlari va undan foydalanish tartibi bo‘yicha ma’lumot olishlari mumkin:

  1. EMIS axborot tizimidan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma

  2. EMIS — akademik litsey talabalari uchun yagona raqamli tizim

  3. EMIS axborot tizimi video qo‘llanmasi

  4. EMIS axborot tizimida barcha foydalanuvchilar uchun qo‘llanma