Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Litsey haqida

about_1

Mannopova Oydin Sultonaliyevna

Direktor

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida 2024-2025 o'quv yilida  aniq fanlar (iqtisod), ijtimoiy-gumanitar fanlar (yurisprudensiyahamda xorijiy filologiya (ingliz tiliyo'nalishlarida taʼlim berilmoqda.

Litseyda chuqurlashtirilgan fan sifatida quyidagi fanlar o'qitiladi.

Aniq fanlar (iqtisod):

1. Matematika (Algebra, Geometriya)

2. Xorijiy tillar (ingliz, nemis tillari)

Ijtimoiy- gumanitar fanlar (yurisprudensiya):

1. Tarix (Oʻzbekiston tarixi, jahon tarixi)

2. Xorijiy tillar (ingliz, nemis tillari)

3. Huquqshunoslik

Xorijiy filologiya (ingliz tili):
1.Ona tili va adabiyoti

2. Ingliz tili;

KAFEDRALAR:

1. Aniq fanlar kafedrasi

2. Xorijiy tillar kafedrasi

3. Ijtimoiy - gumanitar fanlar kafedrasi

4. Umumta'lim fanlar kafedrasi

5. Tillar kafedrasi

                                                                                                                

 

 

 

Аkademik litsey tarixi

 

Аkademik litsey 1999- yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi Markazining 10 avgust 1999- yildagi 240-sonli buyrugʻi asosida tashkil etilgan va unga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyi nomi berilgan.

Litsey 1999-yil sentabr oyidan oʻz faoliyatini Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida boshladi 2000-yil 20-martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Birinchi I. Karimov litseyning yangi binosiga tashrif buyurdi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 26- sentabrdagi “Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3290-sonli qaroriga asosan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Shayxontohur akademik litseyi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tasarrufiga berilgan. Mazkur qarorda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2017- yil 10- noyabrdagi 87-02-3497-sonli xatiga asosan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ilmiy-uslubiy kengashining 2018- yil 26- apreldagi qarori bilan akademik litsey ustavi tasdiqlandi  2018 -yil 14 -may kuni 2070-sonli raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazildi, taʼlim muassasasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi deb nomlandi.

 

 

 

 

Litsey statistikasi

91 %

CHET TILI BILISH DARAJASI

99 %

OTMGA KIRISH KO'RSATKICHI

14 %

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga kirish ko`rsatkichi

4 TA

hamkorliklar bo'yicha

Bitiruvchilar

Bizning hamkorlar