Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Yutuqlar

21.11.2022

foreign

 

O'rta-maxsus va professional ta'lim muassasalari o'quvchilari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini Toshkent shahri bosqichida  JIDU AL jamoasi g'olib bo'lishdi va respublika bosqichiga yo'llanma olishdi.

Litseyimizning AFR2-22 guruhi o'quvchisi Abdugofurova Muhlisa xalqaro til bilish sertifikati IELTS dan C1 (8.0) daraja va xalqaro SAT imtihonidan 1470 ball oldi.

Litseyimizning IGR1-22 guruhi o'quvchisi Abduvoxidov Abdurasul IELTS xalqaro til bilish sertifikatidan C1(8.0) darajasini qo'lga kiritdi.

Litseyimizning AFR2-22 guruhi o‘quvchisi Sayfullaeva Kamola joriy yilning yozida Yale universiteti (Ivy League universiteti, AQSh) Yale xalqaro aloqalar yetakchiligi instituti (YIRLI)ning eng nufuzli xalqaro munosabatlar sohasidagi dasturi bo‘yicha butun Markaziy Osiyodan yagona finalchi bo‘ldi.

AFR-3-22 guruhining 1-kurs talabasi Nazarov Nizomiddin xalqaro yoshlar olimpiadasida (XMT 2023) 2-o'rinni egalladi va Oliy Iqtisodiyot Maktabi universitetining "xorijiy tillar va madaniyatlararo aloqa" yo'nalishi bo'yicha byudjet joyiga kirdi.

 

2023 yil 28-fevral kuni

Joriy yilning 28-fevral kuni akademik litseyimizning IG1-22 guruhi o‘quvchisi Atajanov Temur PDP universiteti tomonidan o‘tkazilgan 10-11-sinflar va akademik litseylar o‘quvchilari o‘rtasida matematika fanidan Respublika fan olimpiadasining “Final bosqichi”da ishtirok etib, I-darajali diplom va 50 million so‘m pul mukofotiga ega bo‘ldi.