21.11.2022
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyining qo'shma dasturda tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilari Germaniyaning nufuzli Viadrina universitetiga yozgi til kurslarida qatnashish uchun tashrif buyurdi.2025-yil 29-iyul kuni Viadrina universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan universitetning ta’lim tizimi, mavjud sharoitlari, o‘quv va ilmiy yo‘nalishlari yuzasidan maxsus taqdimot tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar universitetda ta’lim olish imkoniyatlari, talabalar hayoti, xalqaro dasturlar va akademik almashinuv loyihalari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.Mazkur tashrif o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini mustahkamlash, xalqaro tajriba ortirish va kelgusida oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda o‘qishni davom ettirish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.
![]() |
![]() |
2025 yilning 13- may kuni JIDU akademik litseyi o‘quvchilari Parij shahrida joylashgan O'zbekiston Respublikasining Fransiyadagi elchixonasiga tashrif buyurdilar.Ushbu tashrif davomida o‘quvchilar elchixona faoliyati, O‘zbekiston–Fransiya o‘rtasidagi diplomatik aloqalar va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bilan tanishdilar. O'zbekiston Respublikasining Fransiyadagi Favqulodda va Muhtor elchisi N.G'aniyev o‘quvchilarga o‘zlarining tajribalari, xorijda yurtimiz manfaatlarini himoya qilishdagi faoliyatlari haqida atroflicha ma'lumot berdilar.Shuningdek, JIDU akademik litsey o'quvchilari uchun Fransiya poytaxti Parij shahriga tashkillashtirilgan madaniy-ma’rifiy sayohat unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Sayohat davomida o‘quvchilar Parijning tarixiy yuragi bo‘lgan Elisee maydoni (Place de l'Etoile) va undan nur taratib turgan Eyfel minorasi manzarasidan zavq oldilar. Sena daryosi bo'ylab sayr tashkil etildi.
![]() |
![]() |
2025-yil 12-may kuni Shveytsariyada bo‘lib turgan bir guruh JIDU akademik litseyi iqtidorli o‘quvchilari mamlakatning nufuzli ilmiy muassasalaridan biri — Jeneva Astronomiya Observatoriyasiga tashrif buyurishdi.Tadbir davomida o‘quvchilar zamonaviy kuzatuv teleskopining ishlash mexanizmlari bilan tanishib, observatoriyaning teleskopik gumbazida real kuzatuv jarayonlarini ko‘zdan kechirishdi.Tashrif ishtirokchilarida fan va kashfiyotga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi. Ular ilm-fan sohasi mutaxassislari bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, o‘z bilimlarini boyitishdi. Ilmiy safarning ikkinchi qismida O'zbekiston Respublikasining Jenevadagi vakolatxonasi hodimlari tomonidan o'quvchilar uchun piknik uyushtirildi. Jeneva tabiatining go‘zal manzaralari bag‘rida tashkil etilgan ushbu tadbir jamoatchilik vakillari bilan tanishish imkoniyatini yaratdi, o‘quvchilarda vatandoshlik tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qildi.
![]() |
![]() |
2025 -yil 9- may kuni JIDU akademik litseyi o‘quvchilari Shveytsariyaning Jeneva shahrida joylashgan Xalqaro Mehnat Tashkiloti (MOT)ga tashrif buyurishdi. Tashrifdan asosiy maqsad — o‘quvchilarni xalqaro tashkilotlarning ishlash prinsiplari, mehnat huquqlari, global ijtimoiy adolat va inson salohiyatini rivojlantirish yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi
Tashrif davomida ishtirokchilar MOT faoliyati, xalqaro mehnat standartlarini ishlab chiqish jarayoni, va mehnatga oid global muammolar yuzasidan ma’lumotlar olishdi. Mazkur tashrif o‘quvchilarda xalqaro sahnadagi muammolarga nisbatan tushuncha va mas’uliyatni oshirib, ularni kelgusida xalqaro miqyosda faol ishtirok etishga undaydi.
![]() |
![]() |
2025-yil 8-may kuni JIDU akademik litseyi o‘quvchilari Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa bo‘yicha bosh qarorgohiga tashrif buyurishdi.Mazkur tashrif doirasida litsey o‘quvchilari BMT faoliyati, global muammolar yechimi yo‘lida olib borilayotgan xalqaro diplomatik sa’y-harakatlar, inson huquqlari, tinchlik va xavfsizlik masalalaridagi tashabbuslar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular BMTning turli agentliklari faoliyati bilan tanishish imkoniga ega bo‘lib, o‘zlarining qiziqtirgan savollariga bevosita mutaxassislardan javob olishdi.Tashrif davomida o‘quvchilar xalqaro munosabatlar, diplomatiya va global hamkorlik borasidagi bilimlarini mustahkamladilar.
![]() |
![]() |
2025-yil 10-yanvar kuni JIDU akademik litseyi xalqaro qo‘shma dastur doirasidagi guruh o‘quvchilari Xalqaro Nordik universitetida tashkil qilingan ko‘rgazmaga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida o‘quvchilarga finlyandiyalik fotograf va siyosatchi Karl Gustav Emil Mannergeymning hayoti, uning ijodiy faoliyati hamda prezidentlik davrida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.Ko‘rgazmada namoyish qilingan noyob fotolarning muhimligi va ularning olinish sharoiti to‘g‘risida bir nechta real voqelikni tasvirlovchi hikoyalar bilan bir qatorda fotolardagi insonlar, ularning kelib chiqishi, shug‘ullanayotgan mashg‘ulotlari to‘g‘risida ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi.Ko‘rgazmada o‘quvchilar o‘zlari qiziqqan savollarga javob oldilar.
2024 yil 3-dekabr kuni JIDU akademik litseyining Kareliya amaliy fanlar universiteti bilan qo'shma dastur doirasida tahsil olayotgan o'quvchilari Finlyandiyaning Joensuu shahrida joylashgan ushbu universitet kampusiga tashrif buyurdilar.
Tashrif chog'ida Kareliya amaliy fanlar universiteti rektori Petri Raivo, ta'lim yo'nalishi dekani Risto Salminen va bosh mutaxassis Mervi Heikkinen o'quvchilarga IT, xalqaro biznes, sanoat menejmenti yo'nalishlari haqida taqdimot o'tkazdilar.
Shu bilan birgalikda o'quvchilar universitet kampuslarini borib ko‘rdilar, ishlab chiqarish muhandislik laboratoriyasida universitet imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar, o'zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Shuningdek tashrif chog'ida JIDU akademik litsey direktori O.S.Mannopova va Koreliya amaliy fanlar universiteti rektori, prof. Petri Raivo hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar haqida muzokaralar olib bordilar.
2024 yil 01-08 dekabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari ustozlari rahbarligida Kareliya amaliy fanlar universiteti bilan qo‘shma dastur doirasida Finlyandiyada safarda bo‘ladilar.
Tashrifning birinchi kuni o‘quvchilar Helsinki shahrida joylashgan SYK maktabini borib ko‘rdilar, dars jarayonlarini kuzatdilar.
Finlyandiyalik o‘quvchilar bilan o‘rtoqlik uchrashuvi davomida bizning o‘quvchilar ushbu mamlakatning maktab hayoti, ta‘lim tizimi, fin halqi madaniyati bilan yaqindan tanishdilar, turli mavzularda fikr almashdilar.
Uchrashuv o‘quvchilarimizda katta taassurot qoldirdi.
2024 yilning 16 oktyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida qo‘shma dasturlar doirasida Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universiteti prezidenti Petri Raivo hamda Toshkentdagi Nordik xalqaro universiteti vakillari ishtirokida Finlyandiyada ta’lim olish bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Tadbir chog`ida P.Raivo Kareliya amaliy fanlar universiteti, Nordik xalqaro universiteti va Akademik litsey o`rtasida qo`shma ta`lim dasturi doirasida hamkorlik muvaffaqiyatli davom etayotganini chuqur mamnuniyat bilan izhor qildi.
Finlyandiylik hamkor nafaqat Kareliya amaliy fanlar universitetida balki Finlyandiyaning boshqa nufuzli universitetlarida o‘qish istagi bor o‘quvchilarga muhim maslaxat va ko‘rsatmalar berib o‘tdi.Akademik litsey bilan hamkorlikdagi qo‘shma dasturning afzalliklari va imkoniyatlari bo‘yicha Nordik xalqaro universiteti vakillari ham o‘z tavsiyalarini o‘quvchilarga yetkazishdi
2024 yilning 6 oktyabr kuni JIDU akademik litseyining Viadrina universiteti qo'shma dastur professor-o'qituvchilari ko'hna Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar.Tashrif chogida ular Go'ri Amir maqbarasi, Registon maydoni, Shohizinda me'moriy majmualariga ziyorat uyushtirdilar.Qadimiy va ko'hna Samarqand shahrining osori atiqalari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universiteti hamda Toshkentdagi Xalqaro Nordik universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qoʻshma dastur doirasida oʻqitilayotgan fanlar qatorida fin tili darslari ham boshlandi...
2022-yil 23-iyulidagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ – 330 son qarorining akademik litseyga taalluqli bandi ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan “Amaliy chora-tadbirlar rejasi”ga binoan, Germaniyaning Yevropa Viadrina universiteti, Finlandiyaning Kareliya Amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda qoʻshma ta’lim dasturi asosida ta’lim yoʻlga qoʻyilgan.