30.05.2023
2022-yil 20-yanvarda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzolagan edi. Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida JIDU akademik litseyida rejaga muvofiq bir qancha intellektual tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, o‘quvchi-yoshlarni haqiqiy bilim maydonida birlashtirish hamda sog‘lom raqobatni shakllantirishni o‘z oldiga maqsad qilgan “Zakovat” intellektual tanlovi joriy yilning 30-may sanasida bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda jami yetti jamoa qatnashdi. Ikki bosqichda bo‘lib o‘tgan bellashuvda 1-o‘rinni IG1-22 guruhining “Diplomat” jamoasi, 2-o‘rinni AFR1-22 guruhining “Тащеры” jamoasi, 3-o‘rinni esa AF2-22 guruhining “Ambassador” jamoasi qo‘lga kiritdilar. G‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.