Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Joriy yilning 21 sentyabr kuni JIDU Akademik litseyida O‘zbekiston regbi federatsiyasi bilan hamkorlikda GIR (Get into Rugby) sportning regbi turi bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

Joriy yilning 21 sentyabr kuni JIDU Akademik litseyida O‘zbekiston regbi federatsiyasi bilan hamkorlikda GIR (Get into Rugby) sportning regbi turi bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

21.09.2022

foreign

Joriy yilning 21 sentyabr kuni JIDU Akademik litseyida  O‘zbekiston regbi federatsiyasi bilan hamkorlikda GIR (Get into Rugby) sportning regbi turi bo‘yicha tadbir o‘tkazildi. 

Mazkur sport tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2019 yil 29 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4500-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilib, mamlakatimizda regbini ommalashtirish, litsey o‘quvchi-yoshlarini sport klublari va to‘garaklarga faol jalb qilish, ularga regbi bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratish, iqtidorli yoshlarni ushbu sport turi bo‘yicha milliy terma jamoalariga yo‘naltirishga xizmat qiladi. Sport tadbiri doirasida litsey o‘quvchilariga regbi sport turi haqida tushuncha berilib, o‘yin qoidalari hamda mashqlarni bajarish bo‘yicha yoshlar milliy terma jamoasi bosh treneri Ye.Lebed, trener V.Pavlenko hamda xorijiy volontyor-mutaxassis M.Rio tomonidan mahorat-saboqlari o‘tkazildi.