04.10.2023
Bugun JIDU akademik litseyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakul'teti dekani siyosiy fanlar doktori Arapov Sherzod Dexkanbayevich va JIDU doktoranti Imomova Yulduzxon Jumaboy qizi ishtirokida bitiruvchi bosqich o'quvchilari uchun davra suhbati bo'lib o'tdi. Mehmonlarimiz akademik litsey bitiruvchilari sifatida o'z xotiralarini o'quvchilar bilan baham ko'rishdi va ularning qiziqtirgan savollariga hayotiy misollar orqali javob berishdi. Davra suhbati barcha uchun qiziqarli va mazmunli bo'lib o'tdi.