Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

O`zbekistonning xorijiy mamlakatlaridagi Favqulodda va Muxtor Elchilari hamda Tashqi ishlar vazirligi mas`ul xodimlari tomonidan JIDU akademik litseyida uchrashuv amalga oshirildi

O`zbekistonning xorijiy mamlakatlaridagi Favqulodda va Muxtor Elchilari hamda Tashqi ishlar vazirligi mas`ul xodimlari tomonidan JIDU akademik litseyida uchrashuv amalga oshirildi

23.09.2022

foreign

Mamlakatimizdagi oxirgi yillarda yoshlar ta’lim-tarbiyasi, huquq  va manfaatlariga har doimgidan ko‘ra ko‘proq ahamiyat qaratilmoqda. Tashqi ishlar vazirligida ham mazkur yo‘nalishda tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 

Vazirlik  tomonidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyining yanada rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratib berilmoqda.

    Jumladan, joriy yilning 23 sentyabrida O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlaridagi (Rossiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Turkmaniston Turkiya, Tojikiston, Saudiya Arabistoni) Favqulodda va Muxtor Elchilari hamda Tashqi ishlar vazirligi  mas’ul xodimlari  tomonidan JIDU akademik  litseyiga  Vazirlik nomidan o‘quv-qurollari, xorijiy tillarda nashr etilgan adabiyotlar, kompyuter va boshqa tegishli zarur anjomlar taqdim etish, qolaversa yangi o‘quv yilida o‘quvchi yoshlar bilan uchrashish maqsadida tashrif buyurishdi.

    Akademik litsey ijrochi direktori O.Mannopova tomonidan  litseyda  amalga oshirilgan ishlar, kutilayotgan yangiliklar, kelajakdagi maqsadlar to‘g‘risida tashrif buyurganlarga ma’lumot berildi.

    Suhbat davomida elchilar o‘z faoliyati hamda bosib o‘tgan yo‘llari haqida litsey o‘quvchilariga so‘zlab berib, yoshlar ham o‘z navbatida  o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob topishdi.

    Uchrashuv yakunida O.Mannopova tashrif buyurgan mehmonlarga minnatdorchilik bildirgan holda bu kabi uchrashuvlar akademik litsey pedagogik jamoasi va o‘quvchilari tomonidan katta mamnuniyat bilan qabul qilinishi hamda kelajakda yosh avlod uchun mazkur davra suhbatlar har tomonlama foydali bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.